07:56 / 27.03.2016
1393

Tramp prezident bo‘lsa arab neftidan voz kechishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp agar prezident etib saylansa, Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlaridan neft sotib olishni to‘xtatishi mumkinligini aytdi. U bu haqda The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Trampning aytishicha, bunday holat agar arab davlatlari AQSh barqarorligiga xavf solayotgan IShIDga qarshi AQSh bilan birgalikda kurash olib bormasa yuz berishi mumkin.

Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyaga Shimoliy Koreya va Xitoy tajovuzidan himoyalanishda AQShga tobe bo‘lmasdan, o‘z yadroviy qurollarini yaratishga ochiqchasiga imkon berishini aytdi.

Tramp shu bilan birga AQShning ittifoqchilari bilan ko‘plab asosiy kelishuvlarni, shuningdek Yaponiya bilan 56 yillik xavfsizlik paktini qayta ko‘rib chiqishga harakat qilishini ma'lum qildi. U bu paktni bir tomonlama deya ta'riflagan.   

Top