23:28 / 28.03.2016
1972

Alibaba asoschini Xitoyning eng yaxshi rassomi deya e'tirof etishdi

Alibaba xoldingining asoschisi Jyek Ma Xitoyning eng omadli rassomi deb e'tirof etildi. Bu haqida Tech In Asia portali xabar beradi

Ma'lum bo‘lishicha, Jyek Ma nafaqat Xitoyning badavlat insonlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turuvchi ishbilarmon biznesmen, balki mahoratli rassom hamdir. O‘tgan yili oktabr oyida o‘tkazilgan auksionlarning birida uning chizgan suratini 5.4 million dollarga baholashgan edi. Hurun Art List nashrining chop etgan ma'lumotlariga ko‘ra, biznesmenning matoga chizgan tasviriy san'at asari xitoylik rassomlar suratlari ichida 2015 yilning eng qimmat asari deb topildi.

Bundan tashqari, mazkur suratning yaratilishida xitoylik taniqli rassom Tszen Fanchjining ham ishtiroki borligi qayd etildi. Biroq, ishning qaysi qismini Jyek Ma, qaysinisini Fanchji bajargani oshkor etilmagan. Suratning asosiy g‘oyasi – ekologiya muammolariga e'tibor qaratish. Sotuvdan tushgan barcha mablag‘lar tabiatni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy tashkilot Paradise International Foundation hisobiga o‘tkazildi.

Top