14:20 / 28.03.2016
1431

«Astana» bosh murabbiyi klubdagi moliyaviy holatdan shikoyat qildi

Qozog‘istonning «Astana» futbol klubi bosh murabbiyi Stanimir Stoylov jamoasining moliyaviy holati juda yomon ekanidan nolib chiqdi.  Bu haqda Vesti.kz bolgar matbuotiga tayanib xabar tarqatdi.

Bolgariyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, jamoada katta moliyaviy muammolar bor. Agar bu muammolar hal qilinmasa, jamoa o‘tgan yili Yevropa chempionlar ligasida qayd etgan natijalarini yaxshilay olmaydi. Shunday muammolar sabab jamoani besh nafar asosiy tarkib futbolchisi tark etgan.

Top