17:15 / 28.03.2016
2165

Bahorgi ta'tilda mamlakatimizning 118 350 ming nafar o‘quvchisi 5508 ta to‘garakka qatnashdi

Joriy yilning 21-27 mart kunlari mamlakatimiz o‘quvchilari bahorgi ta'tilga chiqishdi. Ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida vazirlik tomonidan qator tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Jumladan, 1,4 mln. nafardan ortiq o‘quvchi “Umid nihollari” sport musobaqalarining hududiy bosqichlarida ishtirok etdi. Musobaqalar bahorgi ta'til kunlari sportning 20 turi bo‘yicha o‘tkazildi.

280 ming nafardan ortiq o‘quvchi bilimlar bellashuvining tuman (shahar) bosqichida ishtirok etdi. Bilimlar bellashuvi 5—8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida 16 ta o‘quv fanidan 2 turda (amaliy va test sinovlari) o‘tkazildi.

118 350 ming nafar o‘quvchi 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazidagi 5508 ta to‘garakka qatnashdi. 1,2 mln nafar o‘quvchi umumta'lim maktablaridagi sport seksiyalarida qatnashmoqda.

Shuningdek, bahorgi ta'til vaqtida o‘quvchilarning yurtimizdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, kutubxonalar va boshqa ma'rifiy maskanlarga sayyohatlar tashkil etildi.

Top