19:43 / 28.03.2016
3078

Buxoroda “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzuida davra suxbati tashkil etildi

2016 yil 25 mart kuni Galaosiyo qurilish va transport kasb-xunar kollejida “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzuida davra suxbati tashkil etildi.

Unda Buxoro tuman xokim o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. R. Razzoqova, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi Buxoro tumani hududiy bo‘limi rahbari Z. Ergasheva, imom Buxoriy Jome' masjidi imom xatibi Z. Boltayev, tuman IIB xodimi, militsiya mayori Sh.Husenovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda “Diniy ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari” mavzuida videorolik namoyish etildi. Shu bilan birga mavzuga doir ko‘rgazma xam tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etganlar o‘z ma'ruzalarida xalqimizning dunyoda xech kimdan kam emasligi va kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bizdan ko‘ra bilimli dono va albatta baxtli bo‘lishlari kerakligini ta'kidlab, asosiy e'tiborni o‘qish va xunar egallashga qaratish zarurligini aytib o‘tdilar.

Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga xam javob oldilar.

Top