08:54 / 28.03.2016
1476

Donald Tramp sakkizinchi marta buva bo‘ldi

AQSh prezidentligiga respublikachilar tomonidan nomzod sifatida ko‘rsatilganlardan biri, milliarder va siyosatchi Donald Tramp yana bir bor buva bo‘ldi. Uning qizi Ivanka o‘z tvitteriga o‘g‘il ko‘rgani haqida yozgan.

Xabar qilinishicha, chaqaloqqa Teodor Jyeyms deya ism qo‘yishgan.

"Teodor Jyeyms tug‘ildi. Jared va men o‘zimizni aqlbovar qilmas darajada baxtiyor sezyapmiz", deya yozgan u.

Qayd etish kerakki, bu Ivankaning uchinchi farzandi. Endilikda Donald Trampning nabiralar soni sakkiz nafarga yetdi.

Vanity Fair nashrining yozishicha, Trampning qizi bundan oldinroq yahudiylik diniga o‘tgandi. Milliarder yaqin vaqt ichida "ajoyib yahudiy bolakay" dunyoga kelishi haqida hazilomuz gapirgan.

Donald Tramp sakkizinchi marta buva bo‘ladi

Top