14:15 / 28.03.2016
1943

Intel foydalanayotgan hissiyotlarni skanerlash texnologiyasini Apple sotib oldi

Bir necha yillar davomida Intel kompaniyasi RealSense deb nomlanuvchi uch o‘lchamda skanerlash texnologiyasi ustida ish olib borayapti. Bu texnologiya infraqizil va lazer nurlari hamda kameralar jamlanmasini o‘z ichiga oladi. RealSense texnologiyasini lab, yanoq va ko‘zlar harakatining aniqlash vositasi sifatida va odamlar hissiyotlarini topishda qo‘llanishi mumkin. Bunday imkoniyatlar Emotient kompaniyasining texnologiyalari yordamida amalga oshirish mumkin. Ammo bir necha oy avval Apple bu kompaniyani sotib olgan edi. Endi Intel kompaniyasi o‘z SDK’sidan Emotient texnologiyalarini olib tashlashga majbur bo‘ladi.

Apple nima uchun Emotient kompaniyasini sotib olgani aniq emas. Intel’ning inson hissiyotlarini aniqlash bo‘yicha o‘zining texnologiyalari mavjud, ammo ular Emotient texnologiyalari kabi ishlay olmaydi.

Top