13:55 / 28.03.2016
1400

Iordaniya qiroli Turkiyani Yevropa bilan qasdlashishda ayblagani ma'lum bo‘ldi

Iordaniya qiroli Abdullaning fikriga ko‘ra, Turkiya qasddan Yevropaga IShID terrorchilarini yubormoqda, deb xabar qiladi The Independent.

Nashrda keltirilishicha, Abdulla bu bayonotni 11 yanvarda AQSh kongressi a'zolari oldida ma'lum qilgan, biroq ushbu chiqish haqidagi ma'lumot yaqingacha e'lon qilinmagan edi.

Kongressmenlar bilan bo‘lgan o‘sha uchrashuvda qirol Turkiya terrorchilarni tayyorlaydi va Yevropaga yuboradi, deb hisoblashini bildirgan. Bundan tashqari, u Turkiyani IShID bilan neft savdosiga aloqadorlikda ham ayblagan.

“Terrorchilarning Yevropaga yo‘naltirilishi Turkiyaga xos siyosatning bir qismidir”, - deb fikrini bildirgan Abdulla.

Turkiya va Iordaniya rasman ittifoqdosh hisoblanadi, biroq qochqinlar bilan bog‘liq inqiroz ularning munosabatlari darz ketishiga olib kelgan. Qirol Abdulla Turkiyaning Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvidan norozi.

Top