20:10 / 28.03.2016
1402

Janubiy Koreya KXDRga tashviqot qog‘ozlarini tarqatmoqda

Janubiy koreyalik faollar Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga 50 ming tashviqot qog‘ozlarini tarqatib yuborishdi.

"KXDR rahbari boshqaruv tuzumini qoralovchi varaqalar bir necha havo sharlari orqali mamlakat ustiga sochib yuborilgan", deb xabar beradi Reuters.

Fevral oyining avvalida KXDR Janubiy Koreya ustidan hojatxona iflos qog‘ozlari va tamaki qoldiqlari to‘ldirilgan xaltalarni havo orqali tashlagan edi.

6 yanvar kuni Shimoliy Koreya vodorod bombasining muvaffaqiyatli tajribasi haqida ma'lum qilgan, shundan so‘ng, mamlakatlar aro nizo keskinlashib ketgandi.

Bu amaliyotni nafaqat Janubiy Koreya, balki boshqa ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar qattiq qoralab chiqqandi.

Top