09:59 / 28.03.2016
1435

Kerri: respublikachilarning musulmonlar immigratsiyasi bo‘yicha qarashi AQSh obro‘siga putur yetkazadi

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, prezident lavozimi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzodlarning musulmonlar jamoasini mamlakatdan chiqarib yuborish va terrorizmga qarshi kurash doirasida qiynash mumkinligi borasidagi fikrlari, Qo‘shma shtatlar obro‘sini tushirib yubormoqda. U bu haqda CBS telekanalining Face The Nation ko‘rsatuvida bayonot berdi. 

“Bu holat, AQShdagi prezidentlik poygasini kuzatib borayotgan jahon hamjamiyatini, "adolat bilan aytganda shok holatiga tushirmoqda", deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikachilarning bunday nuqtai nazari AQShning ishonchli va jiddiyligini shubha ostiga qo‘yadi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yuqoridagi masalalarning ayrimlari bo‘yicha bildirilayotgan fikrlar, «Amerika obro‘siga putur yetkazuvchi g‘oyalardir».

Kerri suhbat chog‘ida biron kishining nomini tilga olmagan bo‘lsa-da, telekanalning taxminicha, davlat kotibi respublikachilardan ikki nomzod — milliarder Donald Tramp va Texas shtatidan senator Ted Kruzning fikrlarini tanqid qilgan.

Bundan avval, Donald Tramp Amerika musulmonlari terrorchilarning hujumlarini oldini olish uchun yetarli faollik ko‘rsatmayapti, degan fikrni bildirib o‘tgan edi.

Top