17:25 / 28.03.2016
1666

Namanganda tennis bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi turnirning juftlik bahslari bo‘lib o‘tdi

Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalar taqvimidan joy olgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi turnirning juftlik bahslarida yosh tennischimiz Kamola Umarova rossiyalik Kamilla Rahimova bilan birga bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Kamola va Kamilla juftligi birinchi davrada qozog‘istonlik Milana Lisova va belaruslik Katyarina Paulenka, chorak finalda rossiyalik Valeriya Deminova va Dariya Nazarkina, yarim finalda rossiyalik Anna Ukolova va Yekaterina Vishnevskayani mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi.

K.Umarova va K.Rahimova hal qiluvchi bahsda rossiyalik Varvara Kusina va Sofiya Lanserga qarshi kortga chiqib 6:4, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Top