21:00 / 28.03.2016
2371

O‘zbekiston “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi” reytingida 2-o‘rinda qayd etildi

AQShning Gellap instituti tomonidan “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi” mavzusida 2015 yilda o‘tkazilgan va e'lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 141 mamlakat ichida 2-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirlining birinchi o‘rinbosari Tursunpo‘lat Toshpo‘latov ma'lumotiga asoslanib, “Darakchi” nashri yozmoqda.

Profilaktika inspektorlarining jinoyatga olib keladigan sabab va holatlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan sa'y-haraktlari natijasida joriy yilning o‘tgan oylarida 2300ga yaqin mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmagani qayd etilgan.

Top