20:26 / 28.03.2016
1744

Peskov: Putin oilasi va do‘stlari ustidan buyurtma materiallar tayyorlanmoqda

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, davlat rahbari yoki uning yaqinlariga oid yolg‘on ma'lumotlar tarqaladigan bo‘lsa, sudga arz qilish ehtimolini rad etmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro surishtiruv konsorsiumi g‘arb mamlakatlari va Rossiyaning o‘zida Putin, uning oilasi va yoshligidagi do‘stlariga oid asossiz xabarlarni oshkor qilishga tayyorlanmoqda.

“Bunday g‘alamisliklar davom etmoqda. Yaqin kunlarda “xolis” va shov-shuvga sabab bo‘luvchi navbatdagi axborot tarqalishi kutilmoqda”, degan Peskov.

“Yangi bo‘htonlar yaqin orada Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveytsariya, Rossiya va boshqa bir nechta davlatlarda e'lon qilinadi”, deydi u.

Rossiya prezidenti matbuot kotibining aytishicha, Rossiya davlat rahbari obro‘si va g‘ururini ichki hamda xalqaro maydonda himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Top