12:27 / 28.03.2016
1317

«PSJ» Kavani va Ibrahimovich o‘rniga Marsiyalni sotib olmoqchi

«Manchester Yunayted» jamoasining fransiyalik yosh hujumchisi Antoni Marsiyal Parijning «PSJ» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushgan.

Le 10 Sport nashri xabariga ko‘ra, mavsum yakunida parijliklar jamoasi Edinson Kavanini transferga qo‘yib, uning o‘rniga Marsiyalni xarid qilishni rejalashtirishgan.

Bundan tashqari, jamoaning asosiy hujumchisi Zlatan Ibrahimovich ham mavsum yakunida «PSJ»ni erkin agent sifatida tark etishi aytilgan.

O‘tgan yilning yozida Marsiyal Fransiyaning «Monako» jamoasidan «MYu»ga 36 million funt evaziga o‘tgandi. Kelishuvga ko‘ra, bonuslar orqali bu transfer qiymati 58 milliongacha ortishi mumkinligi belgilangan.

APLning joriy mavsumida bu futbolchi manchesterliklar safida 24 o‘yin o‘tkazdi va 7 gol urib, 4 golli uzatmaga mualliflik qildi.

Top