23:41 / 28.03.2016
1896

Samsung mototsiklchilar uchun "aqlli" old oyna ixtiro qildi

Samsung kompaniyasi mototsikl yoki skuterga o‘rnatish mumkin bo‘lgan "aqlli" old oyna g‘oyasini yaratganini e'lon qildi. Texnologiya oynaga smartfondan turli ma'lumotlarni chiqarishga imkon beradi.

Shamoldan to‘suvchi soyabon asosiga yorug‘lik chiqaruvchi element o‘rnatiladi, u yordamida oddiy old oynaga smartfondagi axborot tushiriladi. Ulanish maxsus dastur va Wi-Fi aloqasi yordamida amalga oshiriladi.

Samsung Smart Windshield deb nomlangan ushbu texnologiya haydovchiga navigator bilan foydalanish, matnli xabarlar yoki kirayotgan qo‘ng‘iroqlar haqida eslatmalarni olishga imkon beradi. Qo‘ng‘iroq bo‘layotgani haqida ma'lumot berilganda, mototsiklchi kim qo‘ng‘iroq qilayotganini ko‘rishi va javob berish uchun to‘xtash-to‘xtamaslik haqida qaror qabul qilishi mumkin.

Ishlab chiquvchilarning ta'kidlashicha, yangi tizim mototsiklda yurishni xavfsizroq qilishga qodir, chunki haydovchi kamroq chalg‘iydi va ikkala qo‘lini ham doimo rulda ushlab turadi.

Samsung Smart Windshield hozircha yaratilish bosqichida turibdi. Yangi tizimning sotuvda chiqarilishi haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.

Top