20:15 / 28.03.2016
1459

Ukraina tabiiy gaz iste'molini 32 foizga qisqartirdi

Ukraina so‘nggi ikki yil mobaynida tabiiy gaz iste'moli hajmini qariyb 32 foizga qisqartirishga erishdi. 2013 yilgi 50,4 mlrd kubdan 2015 yil yakuniga ko‘ra 34,4 mlrd kub gaz ishlatilgan. “Ukrtransgaz” rahbari Igor Prokopiv kompaniya saytiga bergan intervyusida shu haqda ma'lum qilgan.

"Ukrainada tabiiy gaz iste'moli borasida pasayishni kuzatishimiz mumkin. Agar 2013 yili Ukraina yiliga 50,4 milliard kubmetr gaz ishlatgan bo‘lsa, 2014 yilda bu raqam 42,6 milliardni tashkil etdi. 2015 yili esa 34,4 milliard kubmetr gaz yoqilgan. Bu nimani anglatadi?", -deydi “Ukrtransgaz” rahbari.

"Albatta, YaIM ning tushishi va aholining tabiiy gazni tejashidan daolatdir", deb savoliga o‘zi javob bergan Prokopiv.

"Prokopivning fikricha, bu holatni salbiy baholash noo‘rindir. Polshada aholi jon boshiga YaIM ishlab chiqarish Ukrainaga qaraganda 2–2,5 baravar ko‘p bo‘lishiga qaramay, u yerda yiliga 16 mlrd kubmetr gaz iste'mol qilinadi", degan “Ukrtransgaz” rahbari.

Uning aytishicha, aslida bu mamlakat va uning iqtisodiyoti uchun ham ijobiy holatdir.

Bundan avval, Ukraina energetika va ko‘mir sanoati vaziri Vladimir Demchishin mamlakatdagi gaz zaxirasi kamida 50 yilga yetishini aytgandi.

Top