09:45 / 28.03.2016
1541

Xitoy armiyasiga pullik xizmatlar ko‘rsatish taqiqlab qo‘yildi

Xitoyda mahalliy hokimiyat Xitoy xalq-ozodlik armiyasiga pullik xizmatlar ko‘rsatish taqiqlab qo‘yildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, bunday qaror korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha islohotlar va mamlakat qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha oxirgi qadam bilan bog‘liq ravishda qabul qilindi.

Xitoy prezidenti Si Tszinpin boshchiligidagi markaziy harbiy komissiya farmoyishiga ko‘ra, qurolli kuchlar pullik xizmatlar ko‘rsatilishi uchun qandaydir yangi shartnomalar imzolamasligi va amaldagi shartnomalarning muddati tugashini kutishlari kerak bo‘ladi.

Ta'kidlanishicha, bu farmoyish 3 yil davomida to‘liq bajarilishi lozim.

Avvalroq Xitoy harbiy byudjyeti joriy yilda 2015 yilga nisbatan 7-8 foizga o‘sishi ma'lum qilingandi.

Top