18:07 / 28.03.2016
2954

Yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishni xohlaysizmi?

Har bir inson uzoq ish faoliyatidan keyin ma'lum vaqt dam olgisi, boshqa shaharga sayohatga chiqqisi keladi. Agar bu hamkasblar, do‘st-birodarlar yoki mahalladoshlar bilan bo‘lsa yanada yaxshi. Sayohat unutilmas tus oladi.

Samarqand shahrida tashkil etilgan «Bo‘ston Turizm Servis» MChJ yurtimiz hamda qo‘shni respublikalar bo‘ylab sayohat qilishni tavsiya qilmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Matlab Hazratqulov quyidagicha ma'lumot beradi:

«Biz O‘zbekiston ichki turizmida o‘z o‘rniga ega sayyohlik xizmatlaridan biriga aylanib ulgurdik. Yurtimizning tarixiy Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlari bo‘ylab uyushtiriladigan sayohatlar, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar, muqaddas joylarga ziyoratlar chinakam maroqli bo‘lmoqda. Arzon narx va sifatli xizmat esa bunga asos bo‘lyapti.

Sayohat davomida eng zamonaviy transportlar, mehmonxonalar, oshxonalar va malakali gid ekskursovodlar xizmat ko‘rsatmoqda.

«Bo‘ston Turizm Servis» sayyohlik xizmati nafaqat yurtimiz bo‘ylab, balki qo‘shni respublikalarga ham sayohatlar tashkil qilmoqda. Turkiston shahrida joylashgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy ziyorati bunga misoldir.

Ekskursiya narxlari sayohatchilar soniga qarab belgilanadi. Qancha ko‘p odam bo‘lsa, shuncha arzon bo‘ladi. O‘ttiz besh va undan ortiq kishilar uchun qo‘shimcha chegirma hamda bonuslar beriladi».

Manzilimiz:

Samarqand shahri, Atoiy ko‘chasi, 14-uy
Mobil: +998 93 354-61-80
Tel/Faks: +998 66 237-06-16

Veb-sayt: www.bustontour.uz
Email: bustontour@gmail.com
Facebook: Bo‘ston turizm servis

Reklama huquqi asosida

Top