14:24 / 29.03.2016
2511

2015 yili O‘zbekiston chakana savdo aylanmasi 71,026 trln so‘mni tashkil etdi

2015 yilda O‘zbekiston chakana savdo aylanmasi 2014 yil bilan taqqoslaganda 15,1 foizga o‘sib, 71,02 trln so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga asoslanib uzdaily.uz sayti xabar bergan.

Yirik korxonalarning chakana savdo aylanmasi 9,186 trln so‘mni tashkil etib, 2014 yilga nisbatan 9 foizli o‘sishni qayd etgan. Ularning chakana savdodagi ulushi 12,9 foizni tashkil etgan.

Kichik tadbirkorlik subektlarining savdo aylanmasi 16 foizga ko‘tarilib, jami 61,84 trln so‘mga yetgan. Kichik tadbirkorlar savdo aylanmasining umumiy hajmidan chakana savdoda mahsulot sotish hajmi 2014 yil ko‘rsatkichidan 10,844 trln so‘m yoki 9,8 foiz ko‘p bo‘lgan.

Ushbu soha Respublika umumiy mahsulot aylanmasida 15,3 foizni tashkil etdi.

Top