19:17 / 29.03.2016
1568

Abdulaziz Komilov Isroil TIV bosh direktorning birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

29 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Isroil Davlati Tashqi ishlar vazirligi bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Jyeremi Issaxarovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bergan.

Jyeremi Issaxarov Toshkent shahriga O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Isroil TIV delegatsiyasi rahbari sifatida tashrif buyurgan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Isroil kun tartibining dolzarb masalalari, hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuvda Isroil elchisi Karmela Shamir qatnashgan.

Top