18:53 / 29.03.2016
3038

Fransiyalik Counter-Strike o‘yinini o‘ynashning antiqa usulini topdi

Fransiyalik Kloi Demuane Counter-Strike’dagi o‘yinlarni jonli translyatsiya qilmoqda, bunda u kompyuterga ulangan lab bo‘yog‘i orqali raqiblarini yo‘qotadi.

O‘yindagi qahramon odatda klaviatura yoki sichqoncha yordamida boshqariladi. Demuaneda esa o‘zgacha: u sichqoncha orqali harakat qiladi, qurolini almashtiradi va nishonga oladi (oldinga harakatlanishga chap tugma, o‘ng tugma nishonga oladi, g‘ildirakchalari bilan qurolini almashtiradi). O‘q uzish uchun Kloi lab bo‘yog‘ini labi tomon tortadi.

U Twitch kanalida iyun oyiga qadar haftada bir marta translyatsiya o‘tkazish niyatida.

O‘yin uchun noodatiy qurollarni qo‘llash uchun Kloi Makey Makey majmuasini sotib oldi. Bu majmua orqali, masalan, Super Mario’ni sabzilar yordamida o‘ynash mumkin.

Top