14:02 / 29.03.2016
1545

Internetda garovga olingan A320 layneriga oid video paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda EgyptAir aviakompaniyasining garovga olingan A320 samolyotiga oid videolar tarqaldi.

Videolardan birida samolyot Kiprdagi Larnaka aeroportiga qo‘nganidan keyin tezlikni sekinlashtirgan holda harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.

Manbalarda aytilishicha, 29 mart kuni tongida misrlik bo‘lgan yo‘lovchi Ibrohim Samaha Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan samolyotni garovga olib, ekipajni samolyotni Kiprga uchirishga majburlagan. Samolyot Larnakaga qo‘ngach, u samolyotdagi deyarli barcha yo‘lovchilarni qo‘yib yuborgan. U ayni vaqtda 4 nafar xorijlik yo‘lovchi hamda ekipajning 7 nafar a'zosini ushlab turibdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, unda 55 nafar kishi bo‘lgan.

Kipr TIV esa samolyotda 20ga yaqin kishi qolayotgani haqida bildirgan.

Hozircha garovga oluvchi rasman hech qanday talab qo‘ymagan.

Top