18:29 / 29.03.2016
1445

Jamoa tvitteri orqali o‘yindan translyatsiya uyushtirgan futbolchi 2-taymda o‘yinga qo‘shilishiga to‘g‘ri keldi

Angliyada 9-divizioni doirasida «Sliford Taun» va «Boston Taun» jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuv vaqtida qiziqarli hodisa yuz berdi.

Ma'lum qilinishicha, o‘yin boshlangach «Sliford Taun» jamoasining zaxirada qolgan futbolchisi jamoa tvitteri orqali o‘yinni sharhlab, onlayn-translyatsiya qila boshlagan.

Lekin o‘yinning ikkinchi taymi davomida translyatsiya to‘xtab qolgan. Buning sababi keyinroq ma'lum bo‘ldi.

«Translyatsiyadagi uzilish uchun uzr. Men Millardning o‘rniga maydonga tushib, o‘yinga qo‘shilishimga to‘g‘ri keldi», deb yozadi u tvitterda.

U o‘yinga tushishidan avval mezbonlar 3:1 hisobida oldinda borgan. U o‘yinga qo‘shilgach, mezbonlar ustunlikni boy berishgan va o‘yin 3:3 hisobida yakunlangan.

Top