08:52 / 29.03.2016
1407

Janubiy Koreya KXDR bilan chegarasi yaqinida dronlar uchishi ko‘payganini qayd etdi

Shimoliy Koreya hukumati qo‘shnisi bilan chegarasi yaqinidagi uchuvchisiz uchish qurilmalari miqdorini sezilarli ravishda oshirgan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar tarqatgan.

"Keyingi vaqtlarda g‘arbiy frontda dronlar harakati faollashdi", deya ma'lumot bergan o‘z shaxsi sir tutilishini istagan harbiy manba.

Uning qo‘shimcha qilishicha, shimolliklar katta va kichik uchish qurilmalarini parvozga chiqarishmoqda. Har kuni janubliklar chegara yaqinida 7-8ta shunday qurilmalar harakatini qayd etishmoqda. Lekin hali shimolliklarning dronlari janubliklarning havo chegarasini kesib o‘tmagani aytilgan.

Bundan oldinroq AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari Shimoliy Koreyani muhokama qilish uchun uchrashishi haqida xabar berilgandi.

Top