12:52 / 29.03.2016
1354

Misr samolyotini garovga olgan shaxs xorijliklar va ekipaj a'zolaridan boshqa barchani qo‘yib yubordi

Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan samolyotni garovga olib, Kiprdagi Larnaka aeroportiga qo‘ndirgan shaxs undagi barcha misrlik yo‘lovchilarni qo‘yib yuborgan. Bu haqda Egypt Air xabar berdi.

Samolyot bortida ayni vaqtda ekipajning 7 nafar a'zosi va 4 nafar xorijlik qolayotgani aytilmoqda.

Bundan oldinroq, Reyter agentligi xabarida samolyotga chiqqanlarning 8 nafari buyuk britaniyalik, 10 nafari amerikalik ekani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Misrda mahalliy vaqt bilan soat 8:30da noma'lum shaxs A-320 yo‘lovchi samolyotini garovga olgani ma'lum bo‘ldi. Samolyot Aleksandriyadan Qohiraga reysni amalga oshirayotgan edi. Uning bortida jami 81 kishi bo‘lgani aytilgandi.

Top