13:42 / 29.03.2016
1427

Misr samolyotini garovga olganning shaxsi ma'lum bo‘ldi

Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 samolyotini Misr fuqarosi Ibrohim Samaha garovga olgan va Kiprdagi Larnaka aeroportiga olib borgan. Bu haqda mahalliy televideniyega asoslanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni tongida Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birining talabi bilan yo‘nalishni o‘zgartirib, Kiprning Larnaka shahriga borib qo‘ngani haqida ma'lum qilingandi.

Garovga oluvchi keyinroq undagi yo‘lovchilarning aksar qismini qo‘yib yubordi. Ayni vaqtda samolyot bortida ekipaj a'zolari va 4 nafar xorijlik qolmoqda.

Top