21:55 / 29.03.2016
3126

"Mister Bin" komissar Megre rolini ijro etdi

Britaniyalik aktyor, ko‘proq "Mister Bin" serialidagi bosh qahramon tentaksimon Bin rolini ijro etgani bilan mashhur bo‘lgan Rouen Atkinson politsiya komissari Jyul Megre rolini ijro etdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

"Megre to‘rlar qo‘ymoqda" deb nomlangan film 28 martda kechki payt ITV kanalida efirga uzatildi. Bu film 6 mln ga yaqin tomoshabinni o‘ziga tortdi.

Filmning sikveli (davomi) ham olingan. Film "Detektiv Megre murdasi" deb nomlanadi va u ham ITV telekanalida namoyish qilinadi.

Atkinsonning aytishicha, undan Megre haqidagi 3-filmda ishlashi haqida hali so‘rashmagan. Aktyorning aytishicha, hammasi dastlabki ikki film omma tomonidan qanday kutib olinishiga bog‘liq bo‘ladi.

Komissar Jyul Megre – yozuvchi Jorj Simenonning detektiv romanlari va qissalaridagi dono politsiyachi obrazi.

Top