08:31 / 29.03.2016
1774

O‘rtoqlik uchrashuvlari. Ukraina Uelsni mag‘lub etdi va boshqa natijalar

Yevropadagi milliy terma jamoalari FIFA kunlaridan foydalangan holda yozda Fransiya maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Yevro–2016 musobaqasiga tayyorgarlik doirasida o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazmoqda.

28 mart oqshomida 4ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi. Ukraina o‘z muxlislari qarshisida asosiy yetakchilarisiz (Garet Beyl va Aaron Remzi) harakatlangan Uelsni kichik hisobda taslim qildi.

Shimoliy Irlandiya o‘z maydonida Sloveniyani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Moldova safarda Andorrani kichik hisobni yengdi.

Farer orollari terma jamoasi esa safarda Lixtenshteynni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
Ukraina – Uels 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 27 Yarmolenko.
Ukraina – Pyatov, Shevchuk, Kucher, Fedetskiy, Xacheridi, Rotan (Sidorchuk, 59), Yarmolenko, Stepanenko, Garmash, Kovalenko, Zozulya.
Uels – Xennessi, Chester, Ganter, Devis, Teylor (Xenli, 72), Uilyams (Makdonald, 61), Allen, Xyuz (Ledli, 79), Uilyams (Richards, 65), Cherch (Vouks, 61), Lourens (Bredshou, 73).
Ogohlantirishlar: Garmash (22), Xacheridi (38), Fedetskiy (51), Richards (77).

Shimoliy Irlandiya – Sloveniya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 41 Uoshington.
Shimoliy Irlandiya – Kerroll, Smit (Maklaflin, 71), Evans, Makoli (Xyuz, 46), Makneyr (Makginn, 79), Devis, Fergyuson (Dallas, 60), Uord (Laferti, 60), Norvud, Ketkart, Uoshington (Madjyennis, 70).
Sloveniya – Oblak, Skubits (Stoyanovich, 61), Yokich, Tsesar (Struna, 80), Samardjich, Kurtich (Vrxovets, 46), Verbich (Kirm, 62), Krxin, Ilichich (Novakovich, 46), Birsa, Bezyak (Chrnits, 75).
Ogohlantirishlar: Uord (43), Uoshington (52), Oblak (52), Evans (65), Vrxovets (88).

Andorra – Moldova 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 45 Armash.

Lixtenshteyn – Farer orollari 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 6 Olsen, 0:2 – 44 Edmundsson, 0:3 – 58 Xolst, 1:3 – 74 Gubser, 2:3 – 90 Volfinger.

Top