19:12 / 29.03.2016
1613

Portugaliya murabbiyi: «Belgiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazish futbolda qo‘rquv yo‘qligini ko‘rsatish uchun muhimdir»

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining Bryusseldan Leyriyaga ko‘chirilishi borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu o‘ta muhim o‘yin. Bu o‘yin futbolda qo‘rquv bo‘lmasligini, odamlar qo‘rqmasligini ko‘rsatib berishi kerak. Biz bunday narsalar bilan yuzma-yuz uchrashishimiz kerak.

Hech kim bizni o‘zimiz istamagan ishni qilishga majburlay olmaydi. O‘yinning o‘tkazilishi esa yovuzlikka qarshi chiqishimiz bo‘ladi.

Agar Belgiya bilan o‘yin teraktlardan keyinoq o‘tkazilganida bu o‘yin bo‘lmasdi, u kunlarda odamlar hissiyotlar ta'siridan chiqib ketmagan edi», – deydi Santush.

22 mart kungi teraktlardan keyin 29 mart kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan uchrashuv bekor qilingan, keyinroq bu o‘yinni shu kuni Portugaliyaning Leyriya shahrida o‘tkazishga kelishilgandi.

Belgiya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

Top