09:29 / 29.03.2016
1316

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriya operatsiyasida ishtirok etganlik uchun 10,3 mingta medal buyurtma qiladi

Rossiya mudofaa vazirligi "Suriya harbiy operatsiyasidagi ishtirok uchun" so‘zlari yoziladigan 10 mingdan ortiq medal tayyorlashga buyurtma qiladi.

Ma'lum qilinishicha, vazirlik 10,3 mingta medal va shuncha tashakkurnoma qog‘ozi xarid qilishni rejalashtirgan. Bunday medalning 1 donasi narxi 193,95 rubl, bitta tashakkurnoma qog‘ozi esa 24,8 rubl turishi ma'lum qilingan. Bu buyurtma uchun jami 2,253 mln rubl ajratilgan.

Tenderda qatnashish uchun arizalar qabul qilish 28 martdan 5 aprelgacha davom etadi.

17 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya operatsiyadan qaytib kelganlarni taqdirlash marosimi vaqtida 17 kishiga davlat mukofotlari topshirgandi.

Top