14:00 / 29.03.2016
9536

Shveytsariyaning Tissot kompaniyasi 20-30-yillar ruhidagi soatlarini namoyish qildi

Shveytsariyaning Tissot kompaniyasi o‘tgan asrning 20-30-yillari ruhini o‘zida aks ettirgan soatlarni namoyish qildi. Mazkur soatlar dizayni markaning vintaj soatlaridan ilhomlangan holda yaratilgan.

28 mart dushanba kungi matbuot relizida xabar berilishicha, Tissot Prestigious va Tissot Vintage Chronograph kvars mexanizmli modellari oltin korpusda, qo‘lda sozlanuvchi Tissot Le Locle Regulateur va Tissot Heritage 1936 esa - po‘lat korpusda ishlab chiqarildi.

Tissot Heritage 1936 soatlari kishilar cho‘ntak soatlaridan voz kechib, qo‘l soatlarga o‘tgan Birinchi jahon urushidan keyingi davrda yaratilgan modellarni eslatadi. Yangi saotlarning charm ushlagichlari modelning 30-yillar o‘rtalaridagi original ko‘rinishiga ega. Ushlagichlarni olib, korpusning orqa qopqog‘ini ochish mumkin (unga talabga ko‘ra gravirovka tushirish mumkin), shu yo‘l bilan mexanizmning ishlash jarayonini kuzatish mumkin.

Tissotning katta daqiqa ko‘rsatkichiga ega Le Locle Regulateur modeli Regulateur nomi ostida chiqarilgan soatlarni yodga soladi, bunday soatlar XVIII-XIX asrlarda ustalar tomonidan yasalgan bo‘lib, ular cho‘ntak soatlaridek aniq ishlaydi. Yangi soatlar turfa xil dizaynda yaratilgan bo‘lib, ular po‘lat korpusda, sariq oltindan iborat PVD qoplamli ikki xil rangli korpusda, pushti oltinli ishlov berilgan klassik qora korpusda yasalgan soatlarni o‘z ichiga oladi.

20-yillarda urf bo‘lgan soatlardan ilhomlangan to‘rtburchak ko‘rinishdagi kvars mexanizmli Tissot Prestigious ayollar soati modeli bir necha xil dizayn variantlarini taklif etadi. Ajralma siferblatlar, rim raqamlari yoki olmos bezakli hamda 5 xil korpus va ushlagich uyg‘unligini ko‘rish mumkin.

Erkaklarning kvars mexanizmli Tissot Vintage Chronograph soati esa qora yoki kumush siferblatli ko‘rinishi pushti oltinli korpusda, yo bo‘lmasa kumush siferblat sariq oltinli korpusda yaratilgan.

Tissot - 1853 yil Le Lokl shahrida asos solingan Shveytsariya soat kompaniyasi. Kompaniya Swatch Group korporatsiyasi tarkibiga kiradi.

Top