19:06 / 29.03.2016
1482

Yaponiya o‘zining qimmatbaho kosmik moslamasini “yo‘qotib” qo‘ydi

Yaponiya qiymati 273 million dollarlik eng yangi kosmik teleskopi bilan aloqani yo‘qotib qo‘ydi. Teleskop NASA aslahalarini olib ketayotgan edi.

Kosmik moslama koinotning rentgen va gamma nurlaridagi yuqori energiyasini tadqiq qilish hamda o‘ta katta hajmli qora tuynuklar va galaktik to‘planmalarni kuzatish maqsadida yaratilgan edi. 

Radar kuzatuvlari ko‘rsatadi-ki, 17 fevral kuni uchirilgan Xitomi orbitasi 26 mart kuni keskin o‘zgargan, shundan so‘ng kosmik moslamaning Yer bilan aloqasi yo‘qolgan.

Astrofizik Jonatan Makdauellning so‘zlari bo‘yicha, shunchaki aloqa uzilishidan muhimroq qandaydir “energetik hodisa” sodir bo‘lgan.
Xitomi bortidagi vaziyat ham mavhum. Olimlar hozir ushbu holatni o‘rganmoqdalar.

JAXA Yaponiya kosmik agentligi kosmik moslamadan signallar oqimini qabul qilganini ma'lum qilgan.

Kosmik moslama butunlay qo‘ldan boy berilganiga ishora qiluvchi xabarlarga qaramasdan Makdauell umidini yo‘qotmayapti.

Top