18:59 / 30.03.2016
1300

Almazbek Atambayev: Qirg‘iziston qiyin bosqichni ortda qoldirdi

Qirg‘iziston davlat rahbari Almazbek Atambayev elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimida, «Qirg‘iziston eng qiyin damlar»ni ortda qolgani haqida fikr bildirdi.

U shuningdek, mamlakatda faoliyat yurituvchi elchilarning xizmatini e'tirof etgan.

«Davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarda ko‘p narsa sizlarga bog‘liq. Albatta, elchi ishxonasida uxlab ham kunni o‘tkaza oladi. Ammo, ishonamanki, davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga chiqishi uchun sizlar bor imkoniyatni ishga solasizlar. Mamlakatimiz, aytishim mumkinki, hal qiluvchi bosqichdan o‘tib bo‘ldi. Biz ikkita “arab bahori”ni, Ukraina boshidan kechirgan, kechirayotgan voqealarga o‘xshash holatning ham guvohi bo‘ldik va o‘z yo‘limizni topib oldik», - degan prezident Atambayev.

Shu kuni Pokiston, Turkmaniston, Polsha, Avstraliya, Filippin, Isroil, Shvetsiya, Jazoir va Vengriya elchilari Atambayevga ishonch yorliqlarini topshirgan.

Top