12:18 / 30.03.2016
2094

Arab milliarderi Londonga shaxsiy oltin avtoparki bilan tashrif buyurdi

Saudiyalik milliarder Londonga dam olish uchun 1,4 million dollardan ortiq qiymatga ega bo‘lgan shaxsiy avtoparki bilan tashrif buyurdi. U bu yerga oltin bilan qoplangan "Mersedes", "Bentli", "Lamborjini" va "Rolls-Roys" avtomobillarini olib keldi.

Mashinalarni Londonning Kensington tumanida ko‘rishdi, sal avval esa ularni besh yulduzli "Mandarin oriyental" mehmonxonasida to‘xtaganini ko‘rishgan.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, saudiyalik milliarder shahar superkarlari ochilishi marosimida qatnashish uchun kelgan.

"Bu badavlat arablarning Yaqin Sharqdagi issiq haroratdan qochib, Buyuk Britaniya poytaxtida o‘zlarining qimmatbaho avtomobillarida yuradigan davri", deyiladi xabarda.

Oxirgi yillar davomida bu holat muntazam ravishda kuzatilmoqda. Kuvayt, Saudiya Arabistoni va amirlikning badavlat kishilari Londonga kelib, tyuning qilingan mashinalari bilan o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishadi.

Top