12:05 / 30.03.2016
1437

Arda Turan: Messi bilan birga o‘ynash uchungina "Barselona"ga o‘tmaganman

"Barselona" jamoasining turkiyalik futbolchisi Arda Turan kataloniyaliklar jamoasi safida sovrinlar qo‘lga kiritish niyatlari haqida gapirib o‘tdi.

"Men "Barselona" bilan shartnoma tuzayotganimda o‘zgacha hissiyotlarni boshdan kechirgandim: Agar juda yaxshi o‘ynab ketsam, "Barselona" futbolchisiga aylanaman. Agar shunchaki yaxshi o‘ynasam, "Arsenal"ga yo‘l olaman.

"Barselona"ga o‘tishga qaror qilish uchun bu jamoada Messining borligigina kifoya qilmaydi. Men bu jamoaga YeChL g‘olibi bo‘lish maqsadida kelganman. Men Leoning dunyo futboli tarixidagi eng zo‘r futbolchilardan biri ekanini inkor etmayman. Lekin men bu jamoaga sovrinlarga ega chiqish uchun kelganman", deya Turanning so‘zlarini keltiradi Diari Ara.

Top