11:32 / 30.03.2016
1484

Fyuri: Povetkin Uaylderni yengolmaydi. U mittivoyga o‘xshaydi

Superog‘ir vazn toifasining WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Tayson Fyuri Aleksandr Povetkin va Uaylder o‘rtasidagi jang borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Uaylder Povetkinni nokautga uchratadi. Povetkinni biz bilan solishtirganda u pakana mittivoyga o‘xshaydi. U xuddi yengil vazn toifasidagi bokschilarni eslatadi. Bundan tashqari uning iyak qismi juda kuchsiz va u zarbalarni yaxshi ko‘tara olmaydi. Vladimir Klichkoga qarshi uchrashuvda nechchi marta yiqilgandi, 19 martami? U har safar Klichkodan o‘zining jag‘ qismiga zarba qilib olib yiqilgandi.

Klichkodan keyin bu Uaylder/Povetkin juftligi g‘olibi, aniqrog‘i Uaylderga qarshi ringga chiqaman. Keyin esa Martin va Joshua jangi g‘olibi bilan», — deydi Fyuri.

Eslatib o‘tamiz, Povetkin - Uaylder jangi 21 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi.

Top