19:34 / 30.03.2016
2522

Jyennifer Lopes jonli efirda turib DiKaprioga hazil qildi

Taniqli xonanda va aktrisa Jyeyms Kordenning Carpool Karaoke shousida ishtirok etdi. Shoudan lavha dasturning YouTube portalidagi kanaliga joylashtirildi.

Dastur davomida yulduzlar o‘zlarining mashhur xit taronalarini boshlovchi bilan birgalikda ijro etishadi. Navbatdagi dasturda Korden va Lopes nafaqat qo‘shiq kuylashdi, balki aktyor Leonardo DiKaprio ustidan ham kulishdi.

Bu holat boshlovchi xonandaning telefonini tekshirib, kontaktlar orasida Bredli Kuper, Fergi, Krishtianu Ronaldu va Leonardo DiKaprio kabi mashhurlarning ham raqamlari borligini sezib qolganidan so‘ng sodir bo‘ldi.

Boshlovchi kayfiyatni yanada ko‘tarish maqsadida Lopes nomidan DiKaprioga xabar jo‘natishga qaror qildi. 

- “Salom Leo!” – deb yozdi Korden.
- Bunday yozma, men hech qachon bunday yozmagan bo‘lardim, - deya qo‘shildi Lopes.
- Sen qanday salomlashgan bo‘lar eding? “Salom, yigitcha!”, - davom etdi boshlovchi.
- Yo‘q, unday emas. “Salom, bolakay!” – dedi aktrisa.
- Ok!
- “Salom, bolakay! Fikrimcha, men biroz dam olishim kerak. Takliflar bormi?”
- Bo‘ldi qil, axir sen buni yubormaysanku!
- “Menga xabar ber. Kvartaldan Jyey Lo (bu xonandaning “Jenny From The Block” ko‘shig‘idan mashhur parcha”), - deya Korden xabarni jo‘natib yubordi.
- O yo‘q, sen xabarni jo‘natib yubordingku!!! Endi men uning oldida o‘zimni oqlashimga to‘g‘ri keladi.

Biroz tanaffusdan so‘ng, Leonardo DiKapriodan quyidagi javob xati keldi: “Sen bugunning o‘zida ko‘rishmoqchimisan, Bu-Bu? Klubga nima deysan?”.

Jyey Lo “Axir men hech qachon bunday yozmagan bo‘lar edim” deyishiga qaramay, DiKaprio yuborilgan xabar shunchaki hazil ekanlini hattoki taasavur qilmagan bo‘lsa kerak.

Top