00:37 / 30.03.2016
1812

Keramik qoplamaga ega Xiaomi smartfonining mustahkamligini tekshirib ko‘rishdi

Xiaomi Mi 5 Pro smartfoni yangi Mi 5 flagman qatorining boshqa qurilmalaridan farqlanuvchi bir qator afzalliklar bilan ta'minlandi. Ular orasida smartfonning orqa qopqog‘idagi maxsus mustahkam keramik qoplama bo‘lib, uni yaratish uchun maxsus 16-bosqichli texnologik jarayon qo‘llanadi. Qoplamaning istalgan turdagi tirnalishlarga o‘ta mustahkamligini isbotlash maqsadida kompaniya Xiaomi Mi 5 Pro qaychilar, egov, arra va hattoki drel ta'siriga uchraydigan videoni chop etdi.

Yuqorida aytilgan birorta asbob smartfonning bekamu-ko‘st qoplamasiga shikast yetkaza olmadi, bu orada ko‘pchilik smartfonlar bunday sinovlardan keyin anchagina shikastlangan ko‘rinishga kelardi. Eslatib o‘tamiz, yangi smartfon narxi 416 dollar turib, xaridor bu pullarga nafaqat sifatli korpus, balki zamonaviy Snapdragon 820 protsessori, 4 Gb tezkor xotira va 128 Gb doimiy xotiraga ega smartfon oladi.

Top