09:06 / 30.03.2016
1614

O‘rtoqlik uchrashuvi. Fransiya o‘z maydonida Rossiya ustidan g‘alaba qozondi

Yevro-2016 mezbonlari Fransiya terma jamoasi o‘z maydonida kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida Leonid Slutskiy boshchiligidagi Rossiya termasini mag‘lubiyatga uchratdi. "Uchranglilar"ning 4ta goliga ruslar ikki marta javob qaytara olishdi.

Fransiya safida gollarga Kante, Jinyak, Payye hamda Koman mualliflik qilishgan bo‘lsa, Rossiya safida Kokorin va Jirkov bittadan gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘rtoqlik o‘yini
Fransiya – Rossiya 4:2
Gollar: 9 Kante, 38 Jinyak, 64 Payye, 76 Koman,– 56 Kokorin, 68 Jirkov
Fransiya – Loris, Evra, Sako, Sanya, Varan (Mate, 46; Din, 54), Kante, Diarra, Pogba, Grizmann (Payye, 63), Marsyal (Koman, 46), Jinyak.
Rossiya – Akinfeyev, Berezutskiy, Kuzmin, Berezutskiy, Jirkov (Smolnikov 69), Golovin, Shirokov (Mamayev 70), Shatov, Dzagoyev, Kokorin (Smolov 80), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Kokorin 36, Kuzmin 46, Berezutskiy 63.

Top