12:37 / 30.03.2016
1306

Primore o‘lkasida Su-25 samolyoti qulab tushdi

30 mart kunining birinchi qismida, Rossiyaning Primore o‘lkasi, Chernigov tumani hududidagi Chernigovka aerodromida shturmchi Su-25 samolyoti halokatga uchradi.

TASS agentligi xabariga ko‘ra, uchuvchi katapulta qilingan.

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u jarohatlanmagan", deydi manba.

Qayd etilishicha, samolyotning qulashi motordagi nosozlik tufayli ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.

Xabarda samolyot qulashi yerdagilarga ziyon yetkazgan-yetkazmagani haqida aytilmagan.

Top