21:39 / 30.03.2016
1364

Qirg‘iziston prezidenti CASA-1000 loyihasiga katta umid bildirmoqda

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev CASA-1000 loyihasi amalga oshirilgandan keyin unga ishtirokchi davlatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikka katta umid bildirmoqda.

CASA-100 loyihasi Tojikiston va Qirg‘izistondan Afg‘oniston va Pokistonga elektr energiya yetkazib berilishini ko‘zda tutadi.

30 martda Bishkekda Pokiston elchisining ishonch yorliqlarini topshirish marosimida Atambayev Qirg‘iziston bu davlat bilan ikki tomonlama hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga qiziqish bildirishini ta'kidlab o‘tdi.

"Shu sababli, mamlakat prezidenti (Atambayev) Dushanbeda may oyida rasman start beriladigan CASA-1000 loyihasining birgalikda amalga oshirishilishi loyihaning barcha ishtirokchi davlatlariga foyda va naf keltirishiga umid bildirdi", deb xabar bermoqda Atambayev matbuot xizmati.

Loyihaning amalga oshirilishi 1-bosqichida 500 kV li Datka-Xo‘jand elektr uzatish liniyasi qurish rejalashtirilmoqda, bu liniya Qirg‘iziston va Tojikiston energiya tizimlarini bog‘laydi. Shuningdek, Tojikistondan Afg‘oniston orqali Pokistonning Peshovar shahriga yuqori voltli elektr uzatish liniyasini barpo etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, butun liniya bo‘ylab konverter podstansiyalari o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Loyihani 2020 yilgacha yakunlash mo‘ljallanmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.

Top