10:30 / 30.03.2016
1575

Qozog‘istonliklar uchun haydovchilik guvohnomasini olish osonlashtirildi

Qozog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yerlan Turg‘umboyevning ma'lum qilishicha, endilikda, mamlakat fuqarolari avtomaktablarda tahsil olmasdanoq haydovchilik guvohnomalarini olishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda mototsikl va yengil avtomobillarni boshqarish uchun ruxsat olishni xohlagan kishilarning mustaqil tayyorlanish tizimi joriy etilmoqda. Da'vogar fuqarolar esa, aholiga xizmat ko‘rsatish markazlarida imtihon topshirishlari mumkin bo‘ladi. Yerlan Turg‘umboyevning aytishicha, yangilik aprel oyidan boshlab joriy etilishi mumkin.

Bundan tashqari, mamlakat ichki ishlar vazirligi, haydovchilik guvohnomasi muddati tugagach, fuqarolarning qaytadan nazariy imtihon topshirish majburiyatini ham bekor etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Top