10:36 / 30.03.2016
1915

"Samoviy xaloskor": MS742 reysi olib qochilishi haqidagi voqeaning nihoyasi haqida

Bort kuzatuvchisi Yasin Sabil aviaqaroqchi Sayf ad-Din Mustafoni ko‘p yo‘lovchilarni, birinchi navbatda ayollar va bolalarni qo‘yib yuborishga hamda o‘zini hukumatga topshirishga ko‘ndirdi.

Misr samolyotining olib qochilishi bilan bog‘liq voqea eng avvalo ekipaj a'zolarining, xususan, katta bort kuzatuvchisi Yasin Sabilning mahorati tufayligina muvaffaqiyatli yakun topdi. U seshanba kuni ertalab Misrda qo‘lga olingan va Larnaka (Kipr)da qo‘nishni amalga oshirgan EgyptAir aviakompaniyasiga qarashli A320 layneri aviaqaroqchisi bilan muzokara olib borgan. Bu haqida Qohira aeroportida Kiprdan qaytgan yo‘lovchilar so‘zlab berishdi.

Bort kuzatuvchisi Yasin Sabil aviaqaroqchi Sayf ad-Din Mustafoni o‘z xohishi bilan hukumatga taslim bo‘lishga ko‘ndirgan. Yasinning Misr OAViga ma'lum qilishicha, "jinoyatchi samolyot Qohiraga qo‘nsa, portlovchi moddani ishga tushirishini aytib tahdid qilgan".

Havo kemasi kapitani Amir Jamolning so‘zlariga ko‘ra, samolyotdagi tahdid haqida uchuvchilar yo‘lovchilardan biri berib yuborgan xat orqali bilgan, xatda agar samolyot yo‘nalishini o‘zgartirmasa, portlatib yuborilish xavfi paydo bo‘lishi yozilgandi. Jamol monitordan qaroqchining belida portlovchi qurilmaga o‘xshash narsa borligini ko‘rgan. Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, u qurilma mumqolip ekan: aviaqaroqchi beliga tibbiyot bandajini boylab, unga ishonchli bo‘lishi uchun sim va plastik silindrlarni mahkamlagan.

Jamolning aytishicha, Sayf ad-Din uchta mamlakatga: bir safar Gretsiyaga, bir safar Turkiyaga, yana bir safar esa Kiprga uchishni talab qilgan.

"Men unga yoqilg‘i faqat Kiprgacha yetishini aytdim, baribir aviaqaroqchi talab qilgan holatda ham Turkiyagacha yetib borolmasdik", -dedi u.

Misrlik aviaqaroqchi qat'iy bir shart qo‘ymagan. Ikkinchi uchuvchining xabar berishicha, ekipaj qaroqchi bilan o‘ta ehtiyotkorona muomala qilgan: unga choy, kofe taklif qilib, har qanday yo‘l vositasida tinchlantirishga harakat qilishgan.

Top