16:50 / 30.03.2016
1710

Saraton tashxisi uchun o‘ta kuchli sensor yaratildi

Olimlar nanotuzilmali metamateriallar negizida optik sensor ishlab chiqishdi. Uning sezgirligi hozirda tibbiyotda mavjud datchiklarnikidan million marta yuqori. Ushbu ish yuzasidan yozilgan hisobot Nature Materials jurnalida chop etilgan. Bu haqda RNS (Rambler yangiliklar xizmati) xabar qilgan.

Tadqiqotchilarning maqsadi tanada aylanib yuruvchi saraton hujayralaridan hosil bo‘luvchi fermentning ilk molekulalarini aniqlashga imkon beradigan usulni ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan.

«Ma'lumki, saratonni davolash, uni qanchalik vaqtli aniqlashga bog‘liq. Ilk bosqichda saratonni tarqatuvchi hujayralardagi oqsillar 500 daltondan past bo‘lgan o‘ta kichik molekulyar massaga ega bo‘ladi. Bu ularni mavjud usullar yordamida aniqlash imkonini bermaydi», – deb yozgan tadqiqot rahbari Juzeppe Strange.

Olimlarning fikricha, nanosensor yordamida saraton hujayralarini eng boshlang‘ich davrida aniqlash imkoni paydo bo‘ladi. Yaqin orada sensorni klinik sinovlardan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Top