19:30 / 30.03.2016
1716

Toshkent yo‘l xizmatlari yomg‘irlarga shay turibdi

Toshkent shahri yo‘l xizmatlari yog‘ingarchiliklarga tayyor, deb xabar berildi UZ24 nashriga Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasidagi yo‘l bo‘limida.

"Toshkentning 11 ta tumanidan har birida kunduzi va kechasi 10 kishidan iborat navbatchi brigadalar ishlamoqda. Ob-havo sharoitlari yomonlashganda, biz navbatchilikka 20 kishidan qoldiramiz. Bundan tashqari, shahar bo‘yicha Markaziy avariyaviy markaz ishlaydi, unda 30 kishi navbatchilik qiladi", deb ma'lum qildi yo‘l bo‘limi vakili.

Yomg‘irli ob-havo oqibatlarini bartaraf etish uchun Toshkentda 200 dan ko‘proq texnika tayyor turibdi. Irrigatsiya tarmoqlari va drenaj kollektorlari yig‘ilib qolgan chiqindilardan tozalandi.

Ob-havo mutaxassislarining prognoziga ko‘ra, 30-31 mart kunlari Toshkentda va respublikaning boshqa hududlarida kuchli yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda.

2014 va 2015 yillardagi kuchli yomg‘irlar tufayli Toshkentdagi ko‘plab yo‘llar va yer osti o‘tish joylari suv bilan toshgandi.

Top