18:47 / 31.03.2016
3441

“Mashhura” yoshlar talabiga muvofiq o‘z ko‘lamini kengaytirmoqda

31 martdan boshlab Toshkent shahridagi Yoshlar ijodiy uyida XIV xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda.

Unda, jumladan, “Mashhura” o‘quv markazi ham qatnashmoqda. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, bugungi kunda “Mashhura” o‘quv markazida 30 dan ortiq kasb-hunarga yo‘naltiruvchi o‘quv kursi tashkil etilgan. Xususan, ota-onalar va o‘quvchilar talabiga binoan “super kelinchak” kursi, oila psixologiyasi, kompyuterda liboslarni modellashtirish, yigitlar talabiga binoan erkaklar stilisti kursi ochilgan. O‘quv markazining filiallari respublikamizning bir qator shaharlarida, jumladan, Chirchiq, Angren, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qo‘qon, Namangan, Andijon, Qarshi va Urgenchda faoliyat yuritmoqda.

Ma'lumot uchun, “Mashhura” firmasi – O‘zbekiston xalqi ishonchini qozongan va yoshlarga hayotda zarur bo‘lgan hunarlarni o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi yetakchi o‘quv markazidir.

Markaz o‘z faoliyatini 1994 yildan 5ta o‘quv kursi bo‘yicha yoshlarga hunar o‘rgatishdan boshlagan. 2000 yilda kurslar soni 11taga yetgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 22tani tashkil etadi. Firma qoshidagi filiallarda “Mashhura” o‘quv kurslarini tamomlagan, O‘zbekistonda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida bilimlarini mustahkamlagan mutaxassislar ta'lim berishadi.

Markazda hunar o‘rgatishdan tashqari, o‘zbek ayollarining ma'naviy kamolotini yuksaltirishga ham alohida e'tibor qaratiladi. Ko‘plab taniqli adiblar va san'atkorlar bilan uchrashuvlar, ko‘ngilli dam olishlar uchun konsertlar tashkil etiladi.

O‘quv markazi faoliyati bilan mashhura.uz sayti orqali yaqindan tanishish imkoniyati bor.

Top