20:10 / 31.03.2016
1993

1 aprel ob-havo ma'lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 8-10, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim tumanlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Top