09:36 / 31.03.2016
1234

Belarus Ukraina inqirozidan aziyat chekmoqda

"Ukrainadagi inqiroz Belarus xavfsizligiga rahna solmoqda, chunki undan ma'lum miqdorda qurol-yarog‘ qirib kelish ehtimoli katta", deb bayonot bergan mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus huquq tartibot organlari bunday holatlarni doimiy ravishda qayd etib kelmoqda.

Lukashenko shuningdek, Minskning Ukraina ziddiyati borasidagi nuqtai-nazari o‘zgarmasligini alohida qayd etgan.

"Biz har doim tinchlik tarafdorimiz. Bizga Ukrainadagi urush kerak emas. Biz bundan juda qattiq tashvishdamiz", - degan prezident.

Uning aytishicha, ayni chog‘da 160 mingga yaqin ukrain qochqinlari Belarusdan boshpana topgan. Mamlakat hukumati esa, ularga imkon qadar barcha sharoitlarni yaratib berishga va ularni ish bilan ta'minlashga harakat qilmoqda.

Top