17:43 / 31.03.2016
1706

Chet elga ketgan amerikalik onasiga o‘zining kartondan yasalgan nusxasini yubordi

Chet elga ketgan amerikalik Dalton Ross onasi Syuzan Telliga o‘zining kartondan yasalgan katta suratini jo‘natdi. Bu suratda Dalton xuddi o‘zi “jonli” turgandek ko‘rinadi. Bu haqida Metro xabar bergan.

22 yoshli Ross Buyuk Britaniyaning Vestminster universitetidagi tahsili tufayli AQShni tark etdi. U onasi sog‘inib qolmasligi uchun o‘zining kartondan yasalgan nusxasini yuborgan.

Sovg‘ani qabul qilgan Telli yangi “o‘g‘li” bilan tushgan suratlarini tarmoqlarga joylashtira boshladi. Suratlarda Barbi bilan tanishuv, kuchuk bilan frisbi o‘yini, Subway kafesiga tashrif, basketbol o‘yiniga borish va boshqa turli oilaviy uchrashuvlar aks ettirilgan.

"Kartondagi nusxa xuddi jonli Daltondek yashashni boshladi. Daltonning o‘rnida bo‘lganimizda, biz allaqachon xavotirga tushgan bo‘lardik”, - deya yozadi gazeta.

Ross The Huffington Post nashriga bergan intervyusida onasini yuborayotgan sovg‘asi haqida ogohlantirmaganini aytib o‘tgan. Telli ham o‘z navbatida o‘g‘lining kartonli nusxasi bilan yuz berayotgan sarguzashtlar haqida Daltonga aytmay, feybukdagi maxsus albomga suratlarni joylashtira boshlagan.

Top