17:31 / 31.03.2016
1379

Damashqda terakt sodir bo‘lib, kamida 10 kishi halok bo‘lgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Sinxua agentligi 31 mart kunining ikkinchi yarmida Suriya poytaxti Damashq shahrida sodir etilgan portlash tufayli kamida 10 kishi halok bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.

Xabarda bu portlash qay tariqa yuz bergani aytilmadi. Shuningdek, qurbonlarning va jarohatlanganlarning aniq soni keltirilmadi.

Keyinroq, Damashq politsiyasi bu ma'lumotni tasdiqlamadi.

Top